logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:46
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Manchester Siti» yangi bosh murabbiy bilan kelishuvga erishdi

 17 MAY, 2026, 10:24

«Manchester Siti» klubi Xosep Gvardiolaga o'rinbosar topib bo'ldi. Avvalroq taxmin qilinganidek, ispaniyalik mutaxassisning o'rnini Entso Mareska egallashi kerak.

Insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, «shaharliklar» italiyalik mutaxassis bilan printsipial kelishuvga erishgan: tomonlar shartnomani yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan 2028 yilgacha mo'ljallangan kontraktni kelishib olishdi. Agar Gvardiola ketishga qaror qilsa, ushbu kelishuv iyul oyida kuchga kiradi.

Endi hamma narsa Pepning o'ziga bog'liq. Mareskaga esa faqatgina «Siti»ning amaldagi boshqaruvchisi chiqaradigan qarorni kutish qolmoqda. Eslatib o'tamiz, italiyalik mutaxassis bundan avval «Chelsi»da faoliyat yuritgan va shu yilning yanvar oyida iste'foga chiqarilgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ