Semeno Angliya Kubogi finallari tarixida gol urgan ilk ganalik futbolchi bo'ldi
17 MAY, 2026, 10:12
Angliya Kubogining 2025/2026 yilgi mavsum final uchrashuvida «Manchester Siti» Londonning «Chelsi» jamoasi bilan to'qnash keldi. Xosep Gvardiola shogirdlari «pensionerlar» ustidan 1:0 hisobida minimal g'alabani qo'lga kiritishdi.
Uchrashuvdagi yagona gol muallifi Antuan Semeno bo'ldi. Ushbu gol evaziga vinger tarixdan joy oldi — Antuan Angliya Kubogi finalida gol urishga muvaffaq bo'lgan ilk ganalik futbolchiga aylandi.
Ta'kidlash joizki, «Manchester Siti» o'z tarixida sakkizinchi bor Angliya Kubogini qo'lga kiritdi. Yakuniga etgan turnir davomida Semeno 5 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 3 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.
