logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:30
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Liverpul» himoyachisi Italiya grandi safiga o'tishga yaqin turibdi

 17 MAY, 2026, 10:12

«Liverpul» markaziy himoyachisi Jo Gomes — «Milan»ning potentsial transfer maqsadiga aylandi. Ingliz futbolchisi o'tgan yozdayoq «rossoneri» safiga borib qo'shilishi mumkin edi, biroq mersisaydliklar Mark Gexining transferi barbod bo'lgani sababli ushbu kelishuvni bekor qilishgandi.

Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, Gomesning vakillari «Milan» klubiga «Liverpul» bo'lajak transfer oynasida futbolchini qo'yib yuborishga to'liq tayyor ekanligini ma'lum qilgan. Tez orada muzokaralar qayta tiklanishi mumkin.

Jo Gomes joriy mavsumda Arne Slot jamoasi safida 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 2 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi. Transfermarkt portali markaziy himoyachining narxini 15 million evroga baholamoqda. Joriy yilning 23 may kuni futbolchi 29 yoshni qarshi oladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ