logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:08
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Grand Chess Tour: Super Chess Classic Romania 2026. Sindarov so'nggi o'rinni tark etdi, bugun peshqadamga qarshi bahs!

 17 MAY, 2026, 09:48

Ruminiya poytaxti Buxarest shahrida shaxmat bo'yicha mukofot jamg'armasi 475 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi nufuzli turnir bo'lib o'tmoqda.

Musobaqada yuqori reytingga ega o'n nafar grossmeyster bosh sovrin hamda katta mukofot pullari uchun bahsga kirishdi. Ular orasida "Nomzodlar turniri" g'olibi Javohir Sindarov ham bor. Hamyurtimiz 3-turda qora donalarda franciyalik peshqadam Maksim Vashe-Lagravga qarshi bahs olib borib, tezkor durangga imzo chekdi. Partiya bir soatdan sal ko'proq davom etdi. 


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">

Uchinchi turda niderlandiyalik duranglar qiroli Anish Giri g'alabaga erishdi va turnir jadvalida 2 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra peshqadamlikni qo'lga oldi. U franciyalik Alireza Firuzdjani taslim etgan. Uchinchi turning ikkinchi g'alabasiga yana bir niderlandiyalik shaxmatchi Yorden van Forest erishdi. U ruminiyalik Bogdan-Daniel Dikni mag'lubiyatga uchratdi. Qolgan partiyalar durang natija bilan yakunlandi.   


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">

Turnir jadvalida bir yo'la besh nafar grossmeyster 2 ochkodan jamg'arib, peshqadamlik qilyapti. Qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra Giri karvoshboshi, keyingi o'rinlarni Yorden van Forest, Maksim Vashe-Lagrav, Rameshbabu Praggnanandha va Vinsent Keymer band etgan. 


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">

Bugun 4-turda Javohir Sindarov oq donalarda karvonboshi Anish Giriga qarshi bahs olib boradi. Bugungi uchrashuvlar ham bizning vaqt bilan soat 18:00da boshlanadi. CHempion 100 000 dollarni qo'lga kiritadi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ