«Benfika» milliy chempionatda biror martadan yutqazmagan Evropadagi yagona klub bo'ldi
17 MAY, 2026, 06:42
«Benfika» bosh murabbiy Joze Mourino qo'l ostida mavsumni Portugaliya chempionatida birorta ham mag'lubiyatsiz yakunladi. Oxirgi turda lissabonlik klub «Eshtoril» jamoasini 3:1 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuv «Antoniu Koimbra da Mota» stadionida bo'lib o'tdi.
Jami 34 o'yinda «Benfika» 23 g'alaba qozondi va 11 marta durang o'ynadi. Evropa bo'yicha boshqa hech bir klub 2025/2026 mavsumini ichki chempionatda mag'lubiyatsiz o'tkaza olmadi. «Benfika» yakuniy jadvalda 80 ochko to'plab, 3-o'rinni egalladi va chempion «Portu»dan (88 ochko) 8 ochko ortda qoldi.
Avvalroq Joze Mourino «Benfika»ni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar chiqqan edi. OAV ma'lumotlariga ko'ra, portugaliyalik mutaxassis Madridning «Real Madrid» klubiga qaytadi.
Portugaliya — Primeyra. 34-tur
2026 yil 16 may, shanba.
«Eshtoril» — «Benfika» 1:3
Gollar: 0:1 Rios – 7’, 0:2 Bax – 15’, 0:3 Raf. Silva – 16’, 1:3 Peyshinyu – 90+1’
