logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:38
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Unai Emeri eng buyuk taktik murabbiy nomini aytdi

 17 MAY, 2026, 05:48

«Aston Villa» bosh murabbiyi Unai Emeri Evropada faoliyat yuritayotgan ispaniyalik mutaxassislar haqida fikr bildirdi va taktik jihatdan eng kuchli murabbiyni atadi.

— Evropada ko'plab ispaniyalik murabbiylar muvaffaqiyat qozonmoqda.
— Daraja juda yuqori. Luis Enrike, ayniqsa, «PSJ» kabi klubni boshqarish qiyinligini hisobga olsak, juda katta barqarorlik namoyon etmoqda. U ulkan ishni amalga oshirdi.

Gvardiola esa afsonaga aylangan va mening fikrimcha, u barcha davrlarning eng buyuk taktik murabbiylaridan biri. Buni u butun faoliyati davomida ko'rsatib kelmoqda va hozir ham isbotlamoqda.

So'nggi yillarda Mikel Arteta ham raqobatbardoshligi va professional bilimi bilan ajralib turibdi. Men ushbu uch mutaxassisdan ham ko'p narsa o'rgandim.

Shuningdek, Iraola ham bir necha kuchli mavsum o'tkazdi. Inigo Peresni ham alohida ta'kidlash kerak. U «Rayo Valekano»ni Konferentsiyalar ligasi finaliga olib chiqdi. Bu juda noyob holat. Uning tajribasi va kurashchanligi yaqqol ko'rinib turibdi, — dedi Emeri.

Eslatib o'tamiz, «Aston Villa» Emeri boshchiligida kelasi mavsum Chempionlar ligasida ishtirok etishni kafolatladi. Birmingem klubi Angliya Premer-ligasi 2025/2026 mavsumini beshinchi o'rindan pastda yakunlamaydi. Shuningdek, jamoa Evropa ligasi finaliga chiqdi va hal qiluvchi bahsda Germaniyaning «Frayburg» klubiga qarshi maydonga tushadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ