logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:54
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Navbahor» «Ayaks» futbol akademiyasi bilan hamkorlik borasida kelishuvga erishdi

 17 MAY, 2026, 05:36

Muhtaram Prezidentimizning Namangan viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshirig'i asosida, «Navbahor» futbol akademiyasi Niderlandiyaning dunyoga mashhur «Ayaks» futbol akademiyasi bilan hamkorlik borasida muhim kelishuvga erishdi.

Niderlandiyalik futbol mutaxassislari bugun viloyatimizga etib kelishdi.

Ular Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Shavkatjon Shokirjanovich Abdurazzoqov bilan muzokaraning so'nggi bosqichini yakunlab, tomonlar o'zaro hamkorlik memorandumiga imzo chekishdi.

Hamkorlik memorandumiga ko'ra, «Ayaks» akademiyasining tajribali murabbiy, skaut va metodistlari akademiyada faoliyat yuritishadi. Tez orada yoshlarni saralash va akademiyaga qabul qilish (selektsiya) boshlanadi. Mutaxassislar akademiya tarbiyalanuvchilarini yuqori darajadagi futbolchi bo'lib etishib chiqishlariga xizmat qilishadi.

Shu bilan birgalikda, kelishuvga ko'ra, «Ayaks» jamoasining yig'inlariga har yili 16 nafardan «Navbahor» akademiyasi tarbiyalanuvchilari ko'rikka jalb etilib, mutaxassislar tomonidan saralangan iqtidorli futbolchilar Evropaning ko'plab jamoalariga tavsiya etiladi.

Undan tashqari, Evropa maydonlarida bo'ladigan, ko'plab skautlar ishtirok etadigan U-17 musobaqalarida akademiyamiz jamoasi muntazam ishtirok etishi belgilangan.

Ushbu hamkorlik Markaziy Osiyoda nufuzi va darajasi eng yuqori hamkorlik sifatida ahamiyatlidir. Bugungi tarixiy kelishuv viloyatimiz futbolining xalqaro tajriba asosida rivojlanishi, yosh iste'dodlarni kashf etish va professional futbolchilarni tayyorlashda yangi bosqichni boshlab beradi deb umid qilamiz.

Ko'rik kuni va tartibi borasida rasmiy sahifamiz orqali ma'lumot beramiz.

«Navbahor» PFK matbuot xizmati.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ