logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:25
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Turkiya superligasi. Fayzullaev assist qayd etgan va Shomurodov gol urgan bahsda «Bashakshehir» g'alaba qozondi

 17 MAY, 2026, 00:06

Turkiya chempionatining 34-turidan o'rin olgan "Gaziantep" va "Bashakshehir" jamoalari o'rtasidagi o'yin yakunlandi. Unda mehmonlar 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi.

Uchrashuvning 6-daqiqasida istanbulliklar hisobni ochishdi: Abbos Fayzullaevning uzatmasidan keyin Zelke to'pni darvozaga joyladi.

22-daqiqada esa "Gaziantep" darvozasiga penalti belgilandi. Uni Eldor Shomurodov aniq amalga oshirib, jamoasining ustunligini oshirdi. O'zbekistonlik futbolchi uchun ushbu gol joriy mavsumdagi 22-gol bo'ldi. U to'purar bahsida etakchilik qilayotgan Pol Onuachu bilan tenglashib oldi.

Ikkinchi bo'limda mezbonlar bitta to'p bilan javob qaytardi. Ammo "Bashakshehir" g'alabani ushlab qoldi va mavsumni 57 ochko bilan 5-pog'onada yakunladi.

Abbos Fayzullaev va Eldor Shomurodov o'yin oxirigacha maydonda harakat qildi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ