logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:46
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Xabi Alonso “Chelsi” bilan kelishuvga erishdi — Romano

 16 MAY, 2026, 23:00

Xabi Alonso “Chelsi”ning yangi bosh murabbiyi bo'lishga rozi bo'ldi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.

Qayd etilishicha, kelishuv tez orada to'liq yakunlanadi. “Chelsi” yaqin kunlarda rasmiy e'lonni taqdim etishga tayyorgarlik ko'rmoqda. Alonso klub rahbariyatiga allaqachon “ha” deb javob bergan.

Avvalroq, Xabi Alonsodan tashqari, “aristokratlar”ning potentsial nomzodlari ro'yxatidan quyidagi mutaxassislar ham joy olgan edi:

Andoni Iraola (“Bornmut”)
Oliver Glasner (“Kristal Pelas”)
Marku Silva (“Fulhem”)

Xabi Alonsoning murabbiylik faoliyatidagi oxirgi jamoasi Madridning “Real” klubi bo'lgan. U madridliklarni 2025 yilning iyunidan 2026 yilning 12 yanvariga qadar boshqargan. Ushbu davr mobaynida Alonso qo'l ostida jamoa 28 ta o'yin o'tkazib, 20 ta g'alaba, 3 ta durang va 5 ta mag'lubiyat qayd etgan. Uning boshqaruvida “qaymoqranglilar” “PSJ”, “Atletiko”, “Liverpul”, “Manchester Siti” va “Barselona”ga imkoniyatni boy bergan.

44 yoshli mutaxassis bunga qadar, ya'ni 2022 yilning oktyabridan boshlab Germaniyaning “Bayer” klubini boshqargan edi. Uning qo'l ostida Leverkuzen klubi o'z tarixida ilk bor (shuningdek, biror marta mag'lub bo'lmasdan) Germaniya chempionligini qo'lga kiritdi. Shuningdek, jamoa Germaniya Kubogi va Superkubogida zafar quchdi hamda Evropa Ligasi finaliga qadar etib borib, Italiyaning “Atalanta” jamoasiga imkoniyatni boy berdi (0:3).

Futbolchilik faoliyatidagi yutuqlari
Alonso futbolchi sifatida Angliyaning “Liverpul”, Germaniyaning “Bavariya”, Ispaniyaning “Real Sosedad”, “Eybar” va “Real Madrid” klublarida to'p surgan:

“Real Madrid” tarkibida: Ispaniya chempioni, ikki karra mamlakat Kubogi sohibi, Ispaniya Superkubogi va Chempionlar Ligasi g'olibi.

“Bavariya” tarkibida: uch karra Germaniya chempioni, bir martadan mamlakat Kubogi va Superkubogi sohibi.

“Liverpul” tarkibida: Angliya Kubogi, Liga Kubogi, Chempionlar Ligasi va UEFA Superkubogi g'olibi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ