«Shtutgart» Bundesliga orqali Chempionlar ligasiga yo'l oldi
16 MAY, 2026, 20:48
«Shtutgart» 2025/2026 mavsum yakunlariga ko'ra Germaniyadan UEFA Chempionlar ligasiga yo'llanma oldi.
34-turda jamoa safarda «Ayntraxt» bilan 2:2 hisobida durang o'ynab, turnir jadvalini 4-o'rinda yakunladi.
«Xoffenxaym» oxirgi turda «Borussiya» (Myonxengladbax)ga 0:4 hisobida yirik mag'lubiyatga uchrab, 5-o'rinda qoldi. «Bayer» esa uyda «Gamburg» bilan 1:1 durang o'ynab, 6-o'rinni egalladi. Ikkala jamoa kelasi mavsum Evropa ligasida ishtirok etadi.
7-o'rinni olgan «Frayburg» esa Evropa ligasi finalini yutsa, Chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritishi mumkin. Ular oxirgi turda «RB Leyptsig»ni 4:1 hisobida mag'lub etdi.
Dortmundning «Borussiya» jamoasi esa «Verder»ni 2:0 hisobida engdi.
