logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:22
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

FIFA Bosh kotibi Eronga Jahon chempionatida ishtirok etishi uchun kafolat bermoqchi — Reuters

 16 MAY, 2026, 20:36

FIFA bosh kotibi Mattias Graffstrom shanba kuni Istanbulda Eron FA (FFIRI) rasmiylari bilan uchrashadi va Eronning Jahon chempionatidagi ishtiroki bo'yicha “kafolat” bermoqchi. Bu haqda muzokaralardan xabardor manbaga tayanib Reuters agentligi xabar berdi.

Manbaga ko'ra, FIFA turnirning barcha ishtirokchilariga xavfsiz sharoitlarda ishtirok etish imkoniyatini ta'minlash maqsadida JChga mezbon mamlakatlarning tegishli hokimiyat organlari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda.

Eron futbol federatsiyasi prezidenti Mehdi Toj avvalroq terma jamoaning biror-bir a'zosiga AQShga kirish uchun viza berilmagani sababli milliy jamoaning 2026 yilgi Jahon chempionati final bosqichidagi ishtiroki so'roq ostida qolayotganini ma'lum qilgan edi.

Mehdi Tojning Islom inqilobi qo'riqchilar korpusi (IIQK) bilan aloqalari sababli Vankuverda (Kanada) bo'lib o'tgan FIFA kongressiga kiritilmaganidan so'ng, qo'shimcha kelishmovchiliklar yuzaga keldi. Jahon chempionatida Eron “G” guruhida Belgiya, Misr va Yangi Zelandiyaga qarshi o'ynaydi. Eron terma jamoasi uchala o'yinni ham AQShda o'tkazishi lozim.

Avvalroq Eron terma jamoasiga AQSh vizasi berilmayotgani xabar qilingandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ