logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:13
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Flik Levandovskining «Barselona»dan ketishi haqida gapirdi

 16 MAY, 2026, 18:54

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik hujumchi Robert Levandovskining mavsum oxirida klubni tark etish qaroriga munosabat bildirdi.

— «Barselona» Levandovski ketganidan keyin nimani yo'qotadi?
— Bunday darajadagi futbolchini topish oson bo'lmaydi. Men buni avval ham aytganman. U ajoyib inson va yuqori darajadagi professional. Uni sog'inamiz, lekin buni engib o'tamiz va jamoani qayta qurib chiqamiz.

— Xayrlashuv haqidagi suhbat qanday o'tdi?
— Suhbat yaxshi o'tdi. Mening barcha titullarim u bilan birga qo'lga kiritilgan. U bilan ishlash men uchun sharaf bo'ldi. U doim yuqori darajada bo'lgan, o'zini jismonan juda yaxshi saqlab kelgan. Buni hech qachon unutmayman. Levandovski yosh futbolchilar uchun namuna. U qarorini kiyinish xonasida aytib o'tdi. Biz uning kimligini yaxshi bilamiz, — dedi Flik.

Levandovski 2022 yildan buyon «Barselona»da o'ynab kelmoqda. Flik esa 2024 yildan boshlab kataloniyaliklarni boshqarib kelmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ