logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:34
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Konte «Napoli»da qolishi mumkin

 16 MAY, 2026, 14:54

«Napoli» bosh murabbiyi Antonio Konte keyingi mavsumda ham klubda qolish fikriga yaqin turibdi. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.

Avvalroq neapolliklar italiyalik mutaxassisni olib qolishga harakat qilayotgani haqida ma'lumotlar tarqalgan edi. Manbaning ta'kidlashicha, rahbariyat bilan munosabatlari sovuqlashganiga qaramay, Konte jamoada qolishga rozi bo'lishi mumkin. Biroq ko'p narsa Konte va «Napoli» prezidenti Aurelio De Laurentis o'rtasidagi shaxsiy uchrashuvdan so'ng oydinlashadi.

«Napoli» — Italiyaning amaldagi chempioni. Bu mavsumda «adzurri»lar chempionlik unvonini himoya qila olmasliklari aniq bo'lib ulgurgan, ammo kumush medallarni qo'lga kiritishlari mumkin. Mavsum yakunini ikki tur qolganida Konte shogirdlari 70 ochko bilan ikkinchi o'rinda borishmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ