logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:25
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Mourinoning «Real» bilan shartnoma muddati ma'lum bo'ldi

 16 MAY, 2026, 12:42

Madridning «Real» klubi portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino bilan mehnat shartnomasi imzolash bo'yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Nikolo Skira o'zining ijtimoiy tarmoqlari orqali xabar bermoqda.

Jurnalistga ma'lum bo'lishicha, «The Special One» laqabli murabbiyning Ispaniya grandi bilan tuzadigan shartnomasi 2028 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallanadi. Madridliklar Mourinoning «Benfika»dan muddatidan oldin ketishi uchun «burgutlar»ga 7 million evro tovon puli to'lashadi.

Eslatib o'tamiz, Joze avval ham «qirollik klubi»da faoliyat yuritgan. Portugaliyalik mutaxassis 2010 yildan 2013 yilgacha «Real»ni boshqargan. Uning qo'l ostida Madrid jamoasi Ispaniya chempionatida zafar quchgan, shuningdek, mamlakat Kubogi va Superkubogi sohibiga aylangan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ