«Arsenal» APL grandlari bilan 80 millionlik daniyalik iqtidor uchun kurashga qo'shildi
16 MAY, 2026, 12:30
Londonning «Arsenal» klubi 20 yoshli yarim himoyachi Viktor Froxoldt uchun kurashga kirishishga tayyor. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.
Daniyalik futbolchi joriy mavsumda «Portu»ning Portugaliya chempionatida g'olib chiqishiga o'z hissasini qo'shdi. «Kanonirlar» Kristian Nyorgorning jamoani tark etishi mumkinligi fonida yangi xavbek qidirishmoqda. Froxoldtga shuningdek, «Liverpul», «Manchester Yunayted» va «Nyukasl» klublari ham qiziqish bildirmoqda.
«Portu» shu yozda futbolchi bilan xayrlashish niyatida emas. Yarim himoyachining shartnomasi yana 4 yilga mo'ljallangan bo'lib, unda 80 million evro miqdorida tovon puli belgilangan. Klub rahbariyati futbolchining o'zi ham jamoadan ketishga shoshilmayapti, deb hisoblaydi.
Joriy mavsumda Froxoldt «Portu» safida barcha musobaqalarda 50 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, u «Kopengagen» tarkibida ham 1 ta uchrashuvda qatnashgan.
