Chempionlar ligasining umumiy bosqichiga yo'llanma olgan jamoalar soni 21 taga etdi
16 MAY, 2026, 12:18
Dushanba oqshomida Angliya Premer-ligasida «Aston Villa» va «Liverpul» jamoalari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda birmingemliklar 4:2 hisobida g'alaba qozonishdi. Natijada, Unai Emeri jamoasi Angliya chempionatida kuchli beshlikdan (top-5) joy olishini naqd qildi, bu esa keyingi mavsum uchun Chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritishni anglatadi.
Hozirgacha 21 ta jamoa 2026/2027 yilgi mavsum Chempionlar ligasining umumiy bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritib bo'ldi. Keling, ushbu yo'llanmalarga ega chiqqan klublar bilan tanishib chiqamiz:
Angliya: «Arsenal», «Manchester Siti», «Manchester Yunayted», «Aston Villa».
Italiya: «Inter».
Ispaniya: «Barselona», «Real Madrid», «Vilyarreal», «Atletiko Madrid», «Betis».
Germaniya: «Bavariya», «Borussiya Dortmund», «RB Leyptsig».
Frantsiya: «PSJ», «Lans».
Niderlandiya: PSV, «Feyenoord».
Portugaliya: «Portu».
Chexiya: «Slaviya Praga».
Turkiya: «Galatasaroy».
Ukraina: «Shaxtyor Donetsk».
Eslatib o'tamiz, Chempionlar ligasining umumiy bosqichida 36 ta jamoa ishtirok etadi. Qolgan yo'llanmalarning 7 tasi saralash (kvalifikatsiya) bosqichi o'yinlarida o'ynaladi.
