«Siti» yarim himoyachisini transferga qo'ydi
16 MAY, 2026, 12:12
«Manchester Siti» yarim himoyachisi Mateo Kovachich yozgi transfer oynasida klubni tark etishi mumkin. «Shaharliklar» jarohatlar sababli joriy mavsumdagi o'yinlarning ko'pini o'tkazib yuborgan xorvatiyalik futbolchini sotish variantini jiddiy tarzda ko'rib chiqmoqdalar.
Jurnalist Ekrem Konurning ma'lumotlariga ko'ra, futbolchiga Italiyaning «Milan» va «Inter» klublari, shuningdek, Turkiya hamda Saudiya Arabistoni chempionatlari vakillari da'vogarlik qilmoqda.
Mateo Kovachichning «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning o'rtalarida nihoyasiga etadi. 32 yoshli futbolchining bozor qiymati Transfermarkt portali talqiniga ko'ra 12 million evroni tashkil etadi.
