Mourino «Real»da o'z printsiplaridan voz kechmaydi: Yulduzlar zaxiraga mixlanishi mumkin
16 MAY, 2026, 12:00
Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino Madridning «Real» klubi boshqaruvini qo'lga kiritadigan bo'lsa, o'z printsiplaridan voz kechmaydi. Bu haqda The Touchline nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma'lum qilishicha, Mourinyuning jamoada erkatoylari (sevimli o'yinchilari) bo'lmaydi. Xuddi «Real»dagi birinchi faoliyati davridagidek, mutaxassis jamoadagi maqomidan qat'i nazar, uning qarorlariga shubha bilan qaragan har qanday futbolchini zaxiraga o'tqazib qo'yishga tayyor. Agar mish-mishlarga ishonadigan bo'lsak, Mourinoning «Real»ga qaytishi 99,9 foizga hal bo'lgan masala.
Ayni paytda «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa hisoblanadi. Uning qo'l ostida jamoa La Ligada 80 ochko jamg'argan holda ikkinchi o'rinda bormoqda.
