logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:48
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Neymar uch yillik tanaffusdan so'ng Braziliya tarkibida JCh-2026 ga boradi

 16 MAY, 2026, 11:42

«Santos» hujumchisi Neymar Braziliya terma jamoasi tarkibida Jahon chempionatiga boradigan ko'rinadi. Karlo Anchelotti 34 yoshli futbolchini mundialning yakuniy qaydnomasiga kiritishga qaror qilgani haqidagi ma'lumotlar shu kunlarda paydo bo'ldi.

Bu xabarni UOL Esporte portali vakili, taniqli braziliyalik jurnalist Lukas Musetti ham tasdiqladi: «Ha, bu 100 foizga tasdiqlandi, Neymar Jahon chempionatiga boradi», — dedi manba. Karlo Anchelotti terma jamoa qaydnomasini 18 may kuni e'lon qiladi.

Neymar milliy jamoa safida deyarli uch yildan beri — 2023 yilning kuzidan buyon o'ynamagan edi. Bo'lajak Jahon chempionati uning faoliyatidagi oxirgisi bo'lishi katta ehtimol. Braziliya terma jamoasi JCh-2026 guruh bosqichida Marokash, Gaiti va Shotlandiya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ