logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:46
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Gvardiola: «Kubokni yutsak ham bayram qilmaymiz»

 16 MAY, 2026, 11:24

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya Kubogi finalida «Chelsi» ustidan g'alaba qozonilgan taqdirda ham, jamoaning bayram qilishga vaqti bo'lmasligini ma'lum qildi. «Shaharliklar» bugunning o'zidayoq «Uembli» stadionida «ko'klar» bilan kubok uchun bahs olib borishadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da start oladi.

«Agar Angliya Kubogini qo'lga kiritsak, bizda hatto bu g'alabani nishonlash imkoniyati ham bo'lmaydi. Chunki darhol uyga qaytib, navbatdagi "final"ga tayyorgarlikni boshlashimiz kerak», — dedi Gvardiola matbuot anjumanida Premer-liganing 37-turidan o'rin olgan «Bornmut»ga qarshi o'yinni nazarda tutib. «Afsuski, zamonaviy futbol shunday tuzilgan. Haqiqat mana shundan iborat», — deya qo'shimcha qildi ispaniyalik mutaxassis.

«Manchester Siti» chempionat tugashiga ikki tur qolganda turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi va peshqadam «Arsenal»dan ikki ochkoga ortda qolmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ