logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 07:19
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Florentino Peres Kilian Mbappe bilan shoshilinch uchrashuv o'tkazadi

 16 MAY, 2026, 00:24

Madridning «Real» klubi rahbariyati Kilian Mbappening so'nggi xatti-harakatlaridan xavotirda va frantsuz hujumchisi bilan shoshilinch uchrashuv o'tkazishni rejalashtirmoqda.

AS nashri tarqatgan ma'lumotga ko'ra, klub prezidenti Florentino Peres «Ovedo»ga qarshi o'yin atrofidagi mojarodan avval ham Mbappe bilan kiyinish xonasidagi vaziyat va futbolchining jamoadagi kelajagi haqida suhbatlashishni istagan.

Biroq keyinchalik Mbappe va bosh murabbiy Alvaro Arbeloa o'rtasida bayonotlar orqali yuzaga kelgan keskinlikdan so'ng ushbu uchrashuv shoshilinch tus olgan.

Xabarlarga ko'ra, «Real»da jamoa ichidagi taranglik kuchayib borayotgani va Mbappening ayrim harakatlari ham rahbariyat, ham ba'zi futbolchilar noroziligiga sabab bo'layotganidan xavotirda.

Shuningdek, klubda frantsuz futbolchisi asta-sekin jamoadan uzoqlashayotgani va uning xatti-harakati tobora ko'proq savol uyg'otayotgani aytilmoqda.

Shunga qaramay, «Real» rahbariyati Mbappeni hali ham jamoaning asosiy futbolchisi sifatida ko'rmoqda. Florentino Peres uni dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb hisoblaydi. Biroq klubda hech kim «Real»dan ustun bo'la olmasligi ta'kidlangan. Misol sifatida Krishtianu Ronaldu va Serxio Ramosning klubdan ketishi keltirilgan.

Avvalroq Ispaniya OAVda ham jamoa ichida tarang muhit yuzaga kelgani va futbolchilar o'rtasida bo'linish ehtimoli haqida xabarlar tarqalgandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ