logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:56
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Opta superkompyuteri O'zbekistonning JCh-2026dagi imkoniyatlarini baholadi

 16 MAY, 2026, 00:00

Opta superkompyuteri 2026 yilgi futbol bo'yicha Jahon chempionatida ishtirok etadigan terma jamoalarning imkoniyatlarini hisoblab chiqdi.

Unga ko'ra, O'zbekiston milliy terma jamoasining mundialda chempion bo'lish ehtimoli 0,07 foizni tashkil etmoqda. Bu ko'rsatkich bo'yicha O'zbekiston eng past imkoniyat berilgan jamoalar qatorida qayd etilgan.

Shuningdek, reytingda O'zbekiston Panama va Iordaniya terma jamoalari bilan bir xil natija qayd etgan — har uchala jamoaga ham 0,07 foizlik imkoniyat berilgan.

Biroq Opta O'zbekistonning pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatini ancha yuqori baholagan. Ma'lumotlarga ko'ra, terma jamoaning 1/8 finalga chiqish ehtimoli 12,62 foizni tashkil qiladi.

Superkompyuter talqiniga ko'ra, JCh-2026ning asosiy favoriti — Ispaniya. Keyingi o'rinlarda Frantsiya va Angliya terma jamoalari joylashgan.

Eslatib o'tamiz, 2026 yilgi Jahon chempionati tarixda ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirokida o'tkaziladi. Musobaqa AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ