logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:46
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Everton» afsonasi klubdan ketmoqda. U APL rekorchisi hisoblanadi

 15 MAY, 2026, 18:00

«Everton» klubi sardori Sheymus Koulmen joriy mavsum yakunlanganidan keyin jamoani tark etadi.

37 yoshli irlandiyalik himoyachi «irislar» sharafini 2009 yildan buyon — naqd 17 yil davomida himoya qilib keldi. Endilikda unda «Everton» tuzilmasida murabbiy sifatida qolish yoki boshqa klubda futbolchilik faoliyatini davom ettirish imkoniyati bor.

Koulmen «Everton» safida Angliya Premer-ligasida (APL) eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchi hisoblanadi — uning hisobida 372 ta uchrashuv mavjud.

Agar o'ng qanot himoyachisi yakshanba kuni «Sanderlend»ga qarshi kechadigan mavsumdagi so'nggi uy uchrashuvida maydonga tushsa, klubdagi jami o'yinlari sonini 434 taga etkazadi. Natijada u «Everton» tarixida eng ko'p maydonga tushgan futbolchilar ro'yxatida 10-o'ringa ko'tarilib oladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ