logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:46
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

UEFA Latviya terma jamoasiga texnik mag'lubiyat yozdi

 15 MAY, 2026, 17:54

Evropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) 19 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Evropa chempionati-2027 saralashi doirasida Belarus bilan o'ynashdan bosh tortgani uchun Latviya terma jamoasiga texnik mag'lubiyat (0:3) yozdi.

Ushbu uchrashuv 15 may kuni bo'lib o'tishi kerak edi.

«O'yin Latviya futbol federatsiyasining qaroriga ko'ra o'tkazilmagan deb hisoblansin (shu sababli jamoaga 0:3 hisobidagi mag'lubiyat yoziladi). Chunki uchrashuvning bekor qilinishi uchun aynan ushbu tashkilot javobgardir», — deyiladi UEFA chiqargan rasmiy bayonotda.

Ma'lumot uchun, B3 guruhida 1-turdan so'ng Belarus va Slovakiya terma jamoalari 3 tadan ochko bilan mos ravishda birinchi va ikkinchi o'rinlarni egallab turibdi. San-Marino va Latviya hisobida esa hozircha ochko mavjud emas.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ