logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:09
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Barselona"ning yozgi asosiy tranfer maqsadi malum

 15 MAY, 2026, 17:32

"CHelsi" hujumchisi Joao Pedro yozda hujum chizig'ini kuchaytirish uchun "Barselona"ning asosiy maqsadiga aylandi.

Bu haqda Mundo Deportivo xabar bermoqda.

24 yoshli forvard nomzodini katalonlarning sport direktori Deku maqullagan.Kataloniyaliklar braziliyalikning atrofidagilar bilan allaqachon aloqaga chiqqan. Malumotlarga ko'ra, o'tish ispan klubiga 70 million evro tushishi mumkin.

Avvaliga "Barselona" "Atletiko" hujumchisi Xulian Alvaresni sotib olishni xohlagan. Katalonlar uning transferi uchun 100 million evro to'lashga tayyor edi. Biroq PSJ argentinalik uchun yanada yuqoriroq summa taklif qilishga tayyor, "matrasniklar" esa forvardni boshqa ispan klubiga qo'yib yubormoqchi emas.

Joao Pedro 2025 yildan buyon "CHelsi"da o'ynamoqda. Uning "ko'k"lar bilan shartnomasi 2033 yil yozigacha mo'ljallangan. Braziliyalik londonliklar safida jami 51 o'yin o'tkazib, 23 ta gol urdi va 9 ta golli uzatma berdi.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ