logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:09
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

UFC. Ngannu: «Men MMA tarixidagi eng yaxshi jangchiman»

 15 MAY, 2026, 17:18

UFC’ning og'ir vazndagi sobiq chempioni Frensis Ngannu aralash yakkakurashlarga qaytishi oldidan balandparvoz bayonot berib, o'zini MMA tarixidagi eng yaxshi jangchi deb atadi.

«Men MMA tarixidagi eng yaxshi jangchiman. Ha, ma'lum bir vaqtda bor e'tiborimni boksga qaratgan edim. Lekin qaytish men uchun oson bo'ldi. Farqni his qildim, boshqa yo'nalishga nazar soldim. Boksda ham astoydil mashq qilganman. Endi esa qo'limdan nima kelishini ko'rsatib qo'yaman», — dedi Frensis Ngannu matbuot anjumanida.

Ngannu Most Valuable Promotions (MVP) ligasi turnirining markaziy janglaridan birida braziliyalik Felipe Linsga qarshi oktagonga tushadi. Jang 16 maydan 17 mayga o'tar kechasi Los-Anjelesda (AQSh) bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ