logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:52
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Qarshi OPSTTM xodimlari va sportchilarining poytxtga safari samarali bo'ldi

 15 MAY, 2026, 17:00

Qarshi Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining asosiy vazifalari-tahsil olayotgan o'quvchilarning professional sportga yo'naltirish, olimpiya o'yinlari dasturidagi sport turlari bo'yicha zahira sportchilarni tayyorlash va mustahkamlash sanaladi.

Bu borada markazda  hamkorlik ishlariga alohida etibor qaratilgan. Markaz direktori Abdulatif Rahimov boshchiligida mutaxassislar Farhod Saidov, Mirjalol SHukurov, Ismat Raupov hamda bir guruh  istedodli sportchi-o'quvchilar Toshkent shahriga tashrif buyurib, Olimpiya shaharchasida joylashgan O'zbekiston davlat sport akademiyasida bo'lishdi va akademiya faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. 


Tashrif doirasida akademiya rektori Ilhomjon Tursunaliev bilan mazkur akademiyada sportchilar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yosh avlodning sportga bo'lgan qiziqishini oshirishga qaratilgan muhim va samimiy uchrashuv bo'lib o'tdi. 


Uchrashuvda tomonlar sport sohasida hamkorlikni kengaytirish, yosh iqtidorlarni erta aniqlash va ularni professional sportga yo'naltirish, Olimpiya zaxirasini mustahkamlash, sport talimi sifatini oshirish xususida o'zaro fikr almashib, kelgusida qo'shma loyihalarni yo'lga qo'yish bo'yicha o'zaro kelishib olishdi. Markaz xodimlari va sportchi-o'quvchilari Olimpiya shaharchasi bilan yaqindan tashish maqasadida shaharcha bo'ylab sayohat qilishdi. 


SHuningdek, Qarshi OPSTTM xodimlari va o'quvchilari poytaxtimizdagi Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida tashkil etilgan uchrashuvlarda ham ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida sportchilarni tayyorlash sifatini yanada oshirish, o'quv-mashg'ulot jarayonlariga zamonaviy yondoshuvlarni joriy etish, trenerlar o'rtasida tajriba almashish hamda sportchilarni qo'llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. 


Bundan tashqari, Qarshi OPSTTM direktori Abdulatif Rahimov hamda Respublika OPSTTM direktori Abror Mamadaliev ishtirokida sport-yoshlar bilan ochiq muloqot bo'lib o'tdi. Uchrashuv so'nggida har ikkala markaz direktorlari o'rtasida sport faoliyati ravnaqi yo'lidagi hamkorlik memorandumi imzolandi. 








Ilhom RAHMONOV tayyorladi


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ