logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:54
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Sheymus Koulman 17 yildan so'ng «Everton»ni tark etadi

 15 MAY, 2026, 16:48

37 yoshli irlandiyalik himoyachi Sheymus Koulman mavsum yakunlangach, Angliyaning «Everton» klubini tark etadi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

«Sheymus Koulman — «Everton» tarixidagi eng buyuk o'yinchilar va sardorlardan biri — klubdagi 17 yildan ortiq davom etgan shonli faoliyati kelasi oyda shartnoma muddati tugashi bilan nihoyasiga etishini e'lon qildi.

2009 yil yanvarida Devid Moyes davrida «Slaygo Rovers»dan 60 ming funt sterling evaziga ko'chib o'tgan muxlislarning sevimlisi, endilikda ushbu yozni keyingi qadamlari bo'yicha qaror qabul qilishga bag'ishlaydi. Himoyachi yo «Everton»da murabbiylik lavozimini egallashi, yoki boshqa klub va Irlandiya terma jamoasida futbolchilik faoliyatini davom ettirishi mumkin.

«Everton»ning zamonaviy ikonasi, maydonda va uning tashqarisidagi etakchiligi hamda ishiga bo'lgan munosabati bilan tanilgan, jamoadoshlari va xodimlarning suyuklisi bo'lgan Koulman Premer-liga doirasidagi o'yinlar soni bo'yicha (372 ta o'yin) klub rekorchisi hisoblanadi», — deyiladi «Everton» xabarida.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ