logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:52
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

BUMM! Ramazon Temirov UFC chempionligi uchun sobiq davogar bilan jang qiladi, raqib top-10dan!

 15 MAY, 2026, 16:32

Hamyurtimiz Ramazon Temirovning navbatdagi jangi bo'yicha malumotlar tarqaldi.

Temirov Instagram sahifasi orqali 25 iyul kuni Abu-Dabi mezbonlik qiladigan UFC Fight Night turnirida qatnashishi, jang uchun shartnomaga imzo chekkani, raqib esa tez orada rasman elon qilinishini aytdi.

Xorijiy OAVlarning malum qilishicha, Ramazonga Abu-Dabidagi turnirda avstraliyalik Stiv Erceg raqib bo'ladi. U o'ta engil vazn toifasida UFC reytingida 10-o'rinni egallab turibdi.

Stiv faoliyati davomida hozirgacha 18 ta jang o'tkazib, 14 ta g'alaba va 4 ta mag'lubiyat qayd etgan. 30 yashar sportchi 2024 yil may oyida braziliyalik Aleksandr Pantojaga qarshi chempionlik jangida qatnashib, mag'lub bo'lgandi.

Ramazon Temirov hisobida esa 19 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyat mavjud.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ