logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:54
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Xau nima uchun Gordon o'ynamayotganini tushuntirdi

 15 MAY, 2026, 15:48

«Nyukasl» bosh murabbiyi Eddi Xau jarohatidan sog'ayib qaytgan jamoa vingeri Entoni Gordonni nima sababdan tarkibga kiritmayotgani haqida gapirdi.

«Tabiiyki, biz kelasi yilga nazar tashlayapmiz. Entoni maydonga endigina qaytdi, u yo'qligida esa biz yaxshi o'yin ko'rsatdik. Ha, mening tanlovim qisman kelajakka bo'lgan qarashlarimiz bilan bog'liq», — deya Xauning so'zlarini keltiradi jurnalist Kreyg Xoup.

Ushbu mavsumda Gordon barcha turnirlarda 46 ta o'yinda ishtirok etib, 17 ta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi. Avvalroq 25 yoshli futbolchining xizmatlariga «Barselona», «Bavariya», «Arsenal» va boshqa klublar qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ