logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:36
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Benfika» Mourinoga yangi shartnoma taklif qildi

 15 MAY, 2026, 15:24

Portugaliyaning «Benfika» klubi bosh murabbiyi Joze Mourino klub bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha taklif olganini tasdiqladi. Bu haqda «Madrid Universal» nashri xabar bermoqda.

«Ha, chorshanba kuni «Benfika»dan shartnomani uzaytirish borasida taklif oldim. Uni agentimga topshirishdi, lekin men hozircha uni ko'rishni va muhokama qilishni istamadim. Bu ishni faqat yakshanbadan keyin amalga oshiraman», — dedi Mourino.

«Real Madrid»ga kelsak, klubdan hech kim menga biror taklif bilan chiqmadi — na prezident va na boshqa birov. Ammo shunday bo'lgan taqdirda ham, javobim o'sha-o'sha bo'lardi», — deya ta'kidladi murabbiy.

Chempionat yakunlanishiga bir tur qolganda «Benfika» uchinchi o'rinda bormoqda va «Sporting»dan 2 ochko ortda qolmoqda. Mavsumning so'nggi o'yini «Eshtoril»ga qarshi 16 may kuni bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ