Sarri «Latsio»dan boshqa Italiya klubiga o'tishi mumkin
15 MAY, 2026, 12:00
Rimning «Latsio» klubi ustozi Mauritsio Sarri joriy mavsum yakunida ish joyini o'zgartirishi mumkin. Bu haqda insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar bermoqda.
Jurnalistning ma'lumotlariga ko'ra, 67 yoshli mutaxassisni taklif qilishga «Atalanta» rahbariyati qiziqish bildirmoqda. Sarri Raffaele Palladino iste'foga chiqarilgan taqdirda asosiy nomzod sifatida ko'rilmoqda.
Mauritsio o'tgan yilning iyun oyidan beri «burgutlar»ni boshqarib kelmoqda. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo'ljallangan. Italiya Seriya A turnir jadvalida «Latsio» to'qqizinchi, bergamoliklar esa ettinchi o'rinni egallab turibdi.
