Mbappe Valverde va Tchuameni o'rtasidagi mushtlashuvga izoh berdi
15 MAY, 2026, 11:12
Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe OAV vakillari bilan suhbatda jamoadoshlari — urugvaylik Federiko Valverde va frantsiyalik Orelen Tchuameni o'rtasidagi mushtlashuv haqidagi savolga javob berdi.
"Hech narsani tasdiqlay olmayman, men u erda emasdim. Men ketib bo'lgandim va sodir bo'lgan voqeadan xabarim yo'q edi. Menda ham xuddi sizlardagi kabi ma'lumotlar bor, xolos", — deya yulduz hujumchining so'zlarini keltiradi Managing Madrid nashri.
Eslatib o'tamiz, mushtlashuvdan so'ng Valverde va Tchuameni 500 ming evro miqdorida jarimaga tortildi.
Ispaniya La Ligasining 36 turidan so'ng "qirollik klubi" 80 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. So'nggi uchrashuvda "qaymoqranglilar" "Ovedo" jamoasini 2:0 hisobida mag'lub etishdi.
