logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:43
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Xulian Alvares yaqin haftalar ichida o'z kelajagi borasida bir qarorga keladi

 15 MAY, 2026, 10:36

Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Xulian Alvares tez orada yaqin kelajakdagi rejalarini belgilab oladi.

Hozirda hech narsa aniq emas — o'yinchi jamoada qolishi ham, ketishi ham mumkin. Insayder Fabritsio Romanoning xabariga ko'ra, argentinalik futbolchi yaqin haftalar ichida yakuniy qarorni qabul qiladi.

Hujumchi uchun asosiy da'vogarlar sifatida "Barselona" va "PSJ" qolmoqda, shuningdek, Angliya Premer-ligasi vakillari ham qiziqish bildirishyapti. "Barsa" "matraschilar"ning 26 yoshli yulduzini o'z safiga qo'shib olishni orzu qiladi, biroq bu kelishuv moliyaviy jihatdan qanchalik qiyin bo'lishini yaxshi tushunib turibdi. Parijliklarda esa bu borada muammo tug'ilishi ehtimoli kam.

Transfermarkt portali Alvaresning transfer qiymatini 90 million evroga baholagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ