logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:38
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Mbappe Arbeloaga nisbatan o'z noroziligini bildirdi

 15 MAY, 2026, 05:54

Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe nega jamoaning so'nggi ikki o'yinida ishtirok etmagani haqida fikr bildirdi.

Avvalroq frantsuz futbolchisi jarohati sabab «Espanol» va «Barselona»ga qarshi uchrashuvlarni o'tkazib yuborgani xabar qilingandi. «Ovedo»ga qarshi bahsda esa u 69-daqiqada maydonga tushdi va golli uzatma muallifi bo'ldi.

“Men 100 foiz tayyorman va o'ynashga shayman. Nega o'ynamaganimni bilmoqchimisiz? Buni murabbiydan so'rang”, — dedi Mbappe.

Shuningdek, hujumchi jamoadagi hozirgi maqomi haqida ham gapirdi.

“Men asosiy tarkibda tushishga tayyor edim, ammo Arbeloa menga hozir to'rtinchi hujumchi ekanligimni aytdi. Hechqisi yo'q, murabbiy qarorini qabul qilish kerak. Men yanada qattiqroq ishlayman”, — dedi frantsuz futbolchisi.

Mbappe joriy mavsum barcha musobaqalarda 42 ta o'yinda ishtirok etib, 41 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ