logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:46
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Arsenal» Mateush Fernandeshni o'z safiga qo'shib olmoqchi

 14 MAY, 2026, 22:24

Londonning «Arsenal» klubi yogi transferlar oynasida yarim himoya chizig'ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

Klub «Vest Xem Yunayted»ning 21 yoshli portugaliyalik xavbeki Mateush Fernandesh vakillari bilan muzokaralarni boshlagan. Bu haqda The Times xabar berdi.

Manba ma'lumotiga ko'ra, Fernandeshning joriy mavsumdagi o'yini «Arsenal» murabbiylar shtabida katta taassurot qoldirgan.

Shuningdek, «Vest Xem»ning Chempionshipga tushib ketishi ehtimoli yuqori bo'lgani sabab, «kanonirlar» ushbu transferni muvaffaqiyatli yakunlash imkoniyatiga ega.

Joriy mavsumda Mateush Fernandesh «Vest Xem» safida 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 35 million evroga baholanmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ