logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:49
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Flik «Barselona» bilan qachon shartnomani uzaytirishi ma'lum bo'ldi

 14 MAY, 2026, 20:36

Xans-Diter Flik yaqinda o'tkazilgan matbuot anjumanida klub bilan 2028 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan va yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyatini o'z ichiga olgan yangi shartnoma imzolashini tasdiqladi.

Ispaniyaning Sport nashri xabariga ko'ra, Flik yangi kelishuvga dushanba, 18 may kuni imzo chekadi. Nemis mutaxassisi shu kuni shartnomani uzaytirish munosabati bilan rasmiy marosim o'tkazilishiga rozilik bergan.

Xans-Diter Flik «Barselona» boshqaruvidagi ikkinchi mavsumini yakunlamoqda. Ushbu davr mobaynida jamoa ichki arenadagi oltita sovrindan beshtasini qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ