logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:13
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Chelsi» «Barselona» bilan bog'liq mish-mishlar fonida Joao Pedro bo'yicha qaror qabul qildi

 14 MAY, 2026, 20:00

So'nggi haftalarda matbuotda hujumchi Joao Pedroning «Barselona»ga o'tishi borasida xabarlar faol tarqalayotgan edi. Biroq «Chelsi» braziliyalik futbolchini o'z tarkibida saqlab qolmoqchi.

The Athletic nashrining xabariga ko'ra, «Chelsi» Pedroni sotishni rejalashtirmayapti va klub o'yinchi bo'yicha tushadigan hech qanday taklifni ko'rib chiqmaydi.

Joao Pedro o'tgan yozda «Brayton»dan «Chelsi»ga o'tgan edi. O'shandan beri hujumchi 51 ta o'yin o'tkazib, o'z hisobiga 23 ta gol va 9 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi. 24 yoshli futbolchining «aristokratlar» bilan amaldagi shartnomasi 2033 yilning yarmigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali hujumchini 75 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ