logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 07:11
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Peres «Real»ning EChLdan chiqib ketganida hakamni aybladi

 14 MAY, 2026, 13:24

Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peres Chempionlar Ligasi chorak finali doirasida Myunxenning «Bavariya»siga qarshi kechgan javob uchrashuvidan (3:4, umumiy hisob — 4:6) so'ng hakamlik borasida keskin fikr bildirdi.

Madridliklar ushbu mag'lubiyatdan so'ng turnirdagi ishtiroklarini yakunladi. O'yinning 86-daqiqasida «qirollik klubi» yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga raqib maydonida Harri Keynga nisbatan fol ishlatdi va hushtakdan so'ng to'pni raqibga bermay, vaqtni cho'zdi. Uchrashuv bosh hakami Slavko Vinchich ushbu harakati uchun Kamavingaga ikkinchi sariq kartochkani ko'rsatib, uni maydondan chetlatdi.

Florentino Peres El Chiringuito telekanali efirida hakamning bu qarori o'yin taqdiriga ta'sir qilganini ta'kidladi.

«Hakam bizning Chempionlar Ligasi yarim finaliga chiqishimizni xohlamadi. Menimcha, u Kamavingada allaqachon sariq kartochka borligini anglamadi. Hakamda yomon niyat bo'lgan deb o'ylamayman, lekin u katta xatoga yo'l qo'ydi», — dedi Peres.

Eslatib o'tamiz, «Real» ikki o'yin natijasiga ko'ra «Bavariya»ga imkoniyatni boy berib, musobaqa bilan xayrlashdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ