logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:43
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Yaponiya terma jamoasi futbolchisi JCH-2026'dan chetda qolishi mumkin

 14 MAY, 2026, 12:16

"Brayton" va Yaponiya termasi vingeri Kaoru Mitoma chap oyog'ining shikastlanishi tufayli mundialda ishtirok etmasligi ehtimoli bor.

Bu haqda "Jiji Press" xabar berdi.

Mitoma 9 may kuni Angliya chempionati doirasidagi "Vulverxempton" bilan bahsda shikastlandi. Manbaga ko'ra, 28 yoshli o'yinchining bu jarohati kutilganidan ancha jiddiy. Mitoma 15 may kuni elon qilinadigan Yaponiya terma jamoasining yakuniy qaydnomasiga kirishi dargumon.

Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadi. Yaponiya guruh bosqichida Niderlandiya, Tunis va SHveciya bilan o'ynaydi.

Mitoma 2025/26 yilgi mavsum "Brayton" tarkibida 27 o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 1 ta golga assistentlik qildi. U milliy jamoa uchun 31 uchrashuvda 9 ta to'p kiritgan hamda 8 ta assist qayd etgan.


comhttps://backend.championat. ... 1.jpg alt="1.jpg" width="100%" align="center" class="fr-fic fr-dii">


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ