logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:53
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Flik mag'lubiyatdan so'ng jamoadagi ichki muhitga to'xtaldi

 14 MAY, 2026, 11:42

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik La Liga doirasida «Alaves»dan qabul qilingan mag'lubiyatdan (0:1) so'ng klubdagi ichki muhit va jamoaviy birlik haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Germaniyalik mutaxassisning so'zlariga ko'ra, klubdagi muvaffaqiyatlar zamirida o'zaro kuchli bog'liqlik yotadi.

«Futbolchilar bilan suhbatlashganda ularning bu klubga bo'lgan cheksiz mehrini his qilaman. Barcha aynan shu erda o'ynashni istaydi. Biz, murabbiylar ham «Barsa»da ishlashni xohlaganimiz uchun shu erdamiz. Bu erda nimadir o'zgacha, o'ziga xos aloqa bor», – deydi Flik.

Murabbiy, shuningdek, klub akademiyasining ahamiyatiga alohida to'xtalib o'tdi:

«Hammasi «La Masiya»dan boshlanadi. Futbolchilar ko'p yillar davomida bir-birlari bilan birga ulg'ayishadi, bu esa ular o'rtasida haqiqiy noyob bog'liqlikni yuzaga keltiradi».

Eslatib o'tamiz, Xans-Diter Flik 2024 yilning yozida jamoa jilovini o'z qo'liga olgan edi. U «ko'k-anorranglilar»ni qatorasiga ikkinchi bor Ispaniya chempionligi sari boshlab keldi. Chorshanba kungi bahsda «Barselona» chempion sifatida ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ