logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:20
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«PSJ» prezidenti jamoaning navbatdagi chempionligiga munosabat bildirdi

 14 MAY, 2026, 11:42

«PSJ» Frantsiya Liga 1 bahslarida asosiy ta'qibchisi «Lans» ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozonib, navbatdagi chempionlik titulini naqd qildi. Parijliklarga g'alaba keltirgan gollarga Xvicha Kvaratsxeliya va Ibraima Mbaye mualliflik qilishdi.

Ushbu g'alabadan so'ng Luis Enrike shogirdlari turnir jadvalida ta'qibchilaridan 9 ochkoga o'zib ketishdi va so'nggi tur oldidan etib bo'lmas masofaga chiqib olishdi. Klub prezidenti Nasser al-Helayfiy ushbu muvaffaqiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

«Biz Frantsiyaning 14 karra chempioni bo'lganimizdan faxrlanamiz. Futbolchilarni, Luis Enrikeni, Luish Kampushni va butun shtabni ushbu natija bilan tabriklayman. «PSJ»ning asl yulduzi — bu ajoyib muxlislarimiz qo'llab-quvvatlab turadigan yaxlit jamoadir. Endi bor e'tiborimizni Budapeshtda o'tadigan EChL finaliga qaratamiz. Oldinda hali qilinadigan ishlar ko'p», — deya al-Xelayfiyning so'zlarini keltiradi PSG Community.

Ma'lumot uchun, «PSJ» 17 may kuni so'nggi tur doirasida «Parij» klubi bilan derbida ishtirok etadi. 30 may kuni esa Chempionlar Ligasi finalida Londonning «Arsenal» jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ