logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:21
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Gvardiola Niko Gonsalesning nima sababdan o'yin qaydnomasiga kiritilmayotganiga izoh berdi

 14 MAY, 2026, 11:24

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yarim himoyachi Niko Gonsalesning so'nggi paytlarda nega maydonda ko'rinmayotgani haqidagi savolga javob berdi. Eslatib o'tamiz, Premer-liganing «Kristal Pelas»ga qarshi bahsida (3:0) ispaniyalik futbolchi hatto qaydnomaga ham kiritilmagan edi.

Gvardiolaning ta'kidlashicha, bu futbolchining holati bilan emas, balki jamoadagi raqobat bilan bog'liq.

«U bilan hammasi joyida. Lekin hozir butun tarkibimiz sog'lom bo'lgani uchun ko'plab futbolchilarni chetda qoldirishga majbur bo'lyapman. Ba'zida shunday bo'lib turadi», — deya mutaxassisning so'zlarini keltiradi City Report.

Shuningdek, murabbiy taktik o'zgarishlar haqida ham to'xtalib o'tdi. Unga ko'ra, Bernardu Silvaning tayanch zonasidagi harakatlari ma'qul kelgani sababli, «burgutlar»ga qarshi bahsda ham shu tajribadan foydalanishga qaror qilgan.

Ma'lumot uchun, 24 yoshli Niko Gonsales joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida 40 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 2 ta gol yozdirib qo'ygan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ