logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:15
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Sen JChga bormaysan!»: Neymar o'zini haqorat qilgan muxlisga ajoyib javob qaytardi

 14 MAY, 2026, 11:12

Braziliya kubogi 1/16 finali doirasida «Santos» mehmonda «Koritiba» ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvda 34 yoshli Neymar golli uzatmani amalga oshirib, jamoasining muvaffaqiyatiga hissa qo'shdi.

Biroq o'yinning eng diqqatga sazovor voqeasi 84-daqiqada, futbolchi zaxiraga olinayotgan paytda yuz berdi. Stadiondagi «Koritiba» muxlislaridan biri maydonni tark etayotgan yulduzga qarata: «Sen jahon chempionatiga bormaysan!» deb baqirdi.

Neymar bunga javoban kulib qo'ydi va muxlisga «havo bo'sasi»ni yo'llab, shunday dedi: «Shundaymi? Sen esa turnirni uyingda o'tirib tomosha qilasan».

Eslatib o'tamiz, yaqinda Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Neymarni bo'lajak mundial uchun 55 nafar futbolchidan iborat kengaytirilgan ro'yxatga kiritgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Yakuniy qaydnomadan esa faqat 26 nafar futbolchi joy oladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ