logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:59
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Atletiko» Grizmann o'rniga «Borussiya» yulduzini olib kelmoqchi

 14 MAY, 2026, 11:00

Dortmundning «Borussiya» klubi hujumkor yarim himoyachisi Yulian Brandt faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettirishi mumkin. Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, ayni damda 30 yoshli futbolchi uchun kurashda Madridning «Atletiko» klubi peshqadamlik qilmoqda.

Brandtning «asalarilar» bilan shartnomasi joriy mavsum yakunida o'z nihoyasiga etadi. Bu esa madridliklarga tajribali futbolchini tekinga, erkin agent sifatida qo'lga kiritish imkonini beradi. Yulianga shuningdek, Londonning «Arsenal», Italiyaning «Roma» va Turkiyaning «Fenerbaxche» klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumot uchun, Brandt «Borussiya» safida jami 306 ta o'yin o'tkazib, 57 ta gol va 70 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

«Matraschilar» germaniyalik futbolchini jamoa etakchisi Antuan Grizmann o'rniga munosib o'rinbosar deb hisoblamoqda. Eslatib o'tamiz, Grizmann yozda MLSning «Orlando Siti» klubiga ko'chib o'tishi kutilmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ