logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Anchelotti Neymar bo'yicha o'z qarorini qabul qildi

 14 MAY, 2026, 11:00

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti kutilmagan qaror qabul qilib, yulduz hujumchi Neymarni jahon chempionati yakuniy qaydnomasiga kiritishga qaror qildi.

«Santos»ning 34 yoshli a'zosi atrofidagi ko'plab shubha va muhokamalarga qaramay, bo'lajak mundialga boradigan bo'ldi. Bu haqda The Touchline nashri Jovem Pan Esportes manbasiga tayanib xabar bermoqda. Ta'kidlanishicha, «pentakampeonlar»ning rasmiy qaydnomasi 18 may kuni e'lon qilinadi.

Ma'lumot uchun, Neymar 2023 yilning kuzidan buyon Braziliya terma jamoasi libosida maydonga tushmagan edi.

JCh-2026 guruh bosqichida «selesao» Marokash, Gaiti va Shotlandiya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ