logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 08:16
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Markus Tyuram: «O'tgan mavsumdagi muvaffaqiyatsizlik bizga qo'shimcha kuch bag'ishladi»

 14 MAY, 2026, 08:42

Milanning «Inter» klubi navbatdagi muvaffaqiyatga erishib, Italiya Kubogi finalida Rimning «Latsio» jamoasini mag'lubiyatga uchratdi.

Rimdagi «Olimpiko» stadionida kechgan bahs taqdiri birinchi bo'limning o'zidayoq hal bo'ldi — milanliklar raqib darvozasiga ikkita gol urib, ustunlikni o'yin oxirigacha saqlab qolishdi.

Uchrashuvdan so'ng «Inter» hujumchisi Markus Tyuram o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi:

«Bu yilgi muvaffaqiyatlarimiz uchun o'tgan mavsum poydevor bo'lib xizmat qildi. O'shandagi omadsizliklar bizni yanada oldinga intilishga undadi. Hozir juda xursandmiz. Albatta, «Inter» men kelgunimga qadar ham sovrinlar yutardi, bu doim buyuk klub bo'lgan. Lekin bu bizning quvonchimizni kamaytirmaydi», — deya Tyuramning so'zlaridan iqtibos keltiradi Sport Mediaset.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ