Messi MLSning eng yaxshi to'purariga deyarli etib oldi
14 MAY, 2026, 08:36
Lionel Messi MLS doirasida kechgan gollarga boy bahsda «Inter Mayami»ga «Tsintsinnati» ustidan g'alaba qozonishga yordam berdi (5:3).
38 yoshli hujumchi uchrashuvning 24 va 55-daqiqalarida raqib darvozasini ishg'ol qilib, dublga erishdi. Garchi ayrim manbalar 89-daqiqadagi golni ham argentinalik yulduz nomiga yozishayotgan bo'lsa-da, MLS rasman bu vaziyatni «Tsintsinnati» futbolchisining avtogoli sifatida qayd etdi.
Ushbu dubldan so'ng Messining joriy mavsumdagi gollari soni 11 taga etdi. U to'purarlar poygasida «Dallas» a'zosi Petar Musa bilan birgalikda ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Ayni damda «Chikago» hujumchisi Ugo Kyoypers 12 ta gol bilan peshqadamlik qilmoqda.
Shu tariqa, «Inter Mayami» 25 ochko bilan Sharqiy konferentsiyada ikkinchi o'rinda bormoqda. «Flamingolar» faqatgina «Neshvill»dan (27 ochko) ortda qolishmoqda.
