logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:18
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Umarali Rahmonaliev va “Sabah” ketma-ket ikkinchi bor Ozarbayjon Kubogini qo'lga kiritdi (videosharh)

 14 MAY, 2026, 06:34

“Sabah” klubi ketma-ket ikkinchi marta Ozarbayjon Kubogi g'olibi bo'ldi. Jamoa safida O'zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Umarali Rahmonaliev faoliyat yuritadi.

“Boyqushlar” finalda kichik kambek amalga oshirib, “Zira” jamoasini 2:1 hisobida mag'lub etdi. Birinchi bo'limda 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan “Sabah” ikkinchi bo'limda Orfe Mbina va Joy-Lens Mikelsning gollari evaziga g'alaba qozondi.

Avvalroq jamoa Premer Liga yakunlanishiga 4 ta tur qolganda o'z tarixida ilk bor mamlakat chempioniga aylangan edi. Shu tariqa Boku shahri jamoasi joriy mavsumda “oltin dubl”ni rasmiylashtirdi.

Eslatib o'tamiz, “Sabah” 2025-yilda mamlakat Kubogi finalida “Qorabog'”ni mag'lub etib, bosh sovrinni qo'lga kiritgan edi.

Ma'lumot uchun, Umarali Rahmonaliev klubining asosiy futbolchilaridan biri sifatida mamlakat chempionati va Kubogidagi muvaffaqiyat uchun munosib hissa qo'shdi. Yarim himoyachi Ozarbayjon klubi safida jami 35 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ozarbayjon chempioni sifatida “Sabah UEFA Chempionlar Ligasining 2026-2027-yilgi mavsum saralash bosqichida ishtirok etadi”.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ