logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Liga1. «Lans» — «PSJ» bahsi tarkiblari e'lon qilindi

 13 MAY, 2026, 23:30

Bugun, 13 may kuni Frantsiya Liga 1 musobaqasining 29-turidan o'rin olgan qoldirilgan markaziy uchrashuv bo'lib o'tadi. Unda turnir jadvali peshqadami «PSJ» safarda ikkinchi o'rinda borayotgan «Lans» mehmoni bo'ladi.

Lansdagi «Bollar-Delelis» stadionida kechadigan bahsni Benua Basten boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanishi belgilangan.

Jamoalar maydonga quyidagi tarkiblarda tushishadi:

«Lans»: Risser, Ganyu, Baydu, Sarr, Yudol, Tomasson, Sangare, Agilar, Eduar, Said, Sima.

«PSJ»: Safonov, Beraldo, Zabarniiy, Ernandes, Mayulu, Fernandes, Nevesh, Kvaratsxeliya, Dembele, Due, Barkola.

Ayni damda «PSJ» 32 o'yindan so'ng 73 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. «Lans» esa 67 ochko bilan ikkinchi pog'onani egallab turibdi. Agar bugun parijliklar g'alaba qozonishsa, chempionlik masalasini deyarli hal qilishadi.

Ma'lumot uchun, ushbu jamoalarning birinchi davradagi to'qnashuvida «PSJ» 2:0 hisobida zafar quchgan edi.

Liga 1ning so'nggi hal qiluvchi tur o'yinlari 17 may kuni bo'lib o'tadi. Unda «PSJ» o'z shahardoshi «Parij» bilan, «Lans» esa «Lion» bilan bahs olib boradi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ